Barcha yangiliklar
TUMAN KADASTR PALATASIDA FUQAROLAR MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI MUHOKAMA QILINDI
Gallery image 279203
Gallery image 279204
ISAYEV SARDORJON KARIMJON O‘G‘LI
29 Okt 2026
22:18

TUMAN KADASTR PALATASIDA FUQAROLAR MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI MUHOKAMA QILINDI

Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida va qonuniy hal etish, aholining mulkiy huquqlarini ta’minlash hamda davlat xizmatlari sifatini oshirish davlat idoralari faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati A. Isroilov tomonidan tuman Kadastr palatasida fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Muhokama davomida fuqarolarning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda boshqa kadastr masalalari yuzasidan murojaatlarini ko‘rib chiqish holatiga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, murojaatlarni belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqish, fuqarolarga qonunchilik talablari asosida tushuntirishlar berish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Maqsad — fuqarolar murojaatlarining samarali ko‘rib chiqilishini ta’minlash, aholining qonuniy manfaatlarini himoya qilish va kadastr sohasida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga ko‘maklashish.