


BALANDCHAQIR MFYdagi 1-SONLI MAKTAB SPORT ZALINING HOLATI O‘RGANILDI
Yosh avlodni jismonan sog‘lom, ma’nan barkamol etib tarbiyalashda jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarining o‘rni beqiyos. Maktablarda sport bilan shug‘ullanish uchun munosib sharoitlar yaratish o‘quvchilarning salomatligini mustahkamlash va sportga bo‘lgan qiziqishini oshirishda muhim ahamiyatga ega.
Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati A. Isroilov tomonidan Balandchaqir MFY hududidagi 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining sport zali holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida sport zalining umumiy holati, sport mashg‘ulotlarini tashkil etish uchun mavjud imkoniyatlar, jihozlarning holati hamda o‘quvchilar uchun xavfsiz va qulay muhit yaratilganligiga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, sport zalidan samarali foydalanish, mavjud kamchiliklarni aniqlash va bartaraf etish, o‘quvchilarning jismoniy faolligini oshirish hamda maktabda sport mashg‘ulotlarini sifatli tashkil etish masalalari muhimligi qayd etildi.
Maqsad — o‘quvchilar uchun xavfsiz sport muhitini ta’minlash, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari sifatini oshirish va yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish.