



1-SONLI MAKTABDA O‘QUVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
Yosh avlodga sifatli ta’lim berish, ularning bilim olishi va har tomonlama kamol topishi uchun munosib sharoitlar yaratish ta’lim sohasidagi ustuvor vazifalardan biridir. Maktablardagi mavjud imkoniyatlarni o‘rganish, ta’lim muhitini yaxshilash va o‘quvchilar xavfsizligini ta’minlash bu borada muhim ahamiyat kasb etadi.
Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati A. Isroilov tomonidan Balandchaqir MFY hududidagi 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.
O‘rganish davomida o‘quv xonalarining holati, ta’lim olish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, maktabning sanitariya-gigiyena talablari va obodonlik holatiga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, o‘quvchilarning sifatli bilim olishi, dars mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish, maktab hududida xavfsizlikni ta’minlash hamda mavjud sharoitlarni yanada yaxshilash masalalari muhimligi qayd etildi.
Maqsad — maktabda ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladigan sharoitlarni yaxshilash, o‘quvchilar manfaatlarini ta’minlash va ta’lim muassasasi faoliyatiga doir masalalarni deputatlik nazorati doirasida o‘rganib borish.