Barcha yangiliklar
YANGIOBOD SHFYDA TRANSFORMATORLARNING TEXNIK HOLATI O‘RGANILDI
Gallery image 279197
ISAYEV SARDORJON KARIMJON O‘G‘LI
29 Okt 2026
21:52

YANGIOBOD SHFYDA TRANSFORMATORLARNING TEXNIK HOLATI O‘RGANILDI

Aholini barqaror va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash, elektr tarmoqlarining ishonchli ishlashini yo‘lga qo‘yish hamda mavsumiy yuklamalarga tayyorgarlik ko‘rish muhim vazifalardan hisoblanadi.

Xalq deputatlari Yangiobod tumani Kengashi deputati A. Isroilov tomonidan Yangiobod SHFY hududidagi transformator punktlarining texnik holati hamda aholini elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida transformator punktlarining texnik holati, elektr uskunalarining sozligi, tarmoqlarning barqaror ishlashi va elektr ta’minotida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan uzilishlarning oldini olish masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mavjud elektr infratuzilmasini saqlash, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda aholi xonadonlariga sifatli va uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berish yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar muhokama qilindi.

Maqsad — elektr ta’minoti barqarorligini mustahkamlash, aholi murojaatlarida ko‘tarilishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish va elektr infratuzilmasi holati ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish.