Barcha yangiliklar
12-SONLI UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABIDA TA’LIM-TARBIYA JARAYONLARI O‘RGANILDI
Gallery image 279195
Gallery image 279196
ISAYEV SARDORJON KARIMJON O‘G‘LI
29 Okt 2026
21:48

12-SONLI UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABIDA TA’LIM-TARBIYA JARAYONLARI O‘RGANILDI

Yosh avlodga sifatli ta’lim berish, ularni ma’naviy yetuk va barkamol insonlar etib tarbiyalash hamda maktablarda ta’lim sifatini oshirish doimiy e’tibor talab etadigan muhim vazifalardandir.

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati A. Isroilov tomonidan 12-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida ta’lim-tarbiya jarayonlarining tashkil etilishi o‘rganildi.

O‘rganish davomida ta’lim jarayonining tashkil etilishi, o‘quvchilarning bilim olishi uchun yaratilgan sharoitlar, pedagoglarning faoliyati hamda yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan ishlar yuzasidan e’tibor qaratildi.

Shuningdek, ta’lim sifatini yanada oshirish, o‘quvchilarning darslarga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish, yoshlar tarbiyasida maktab va ota-onalar hamkorligini mustahkamlash masalalarining ahamiyati qayd etildi.

Maqsad — ta’lim-tarbiya jarayonlarini takomillashtirish, o‘quvchilar uchun munosib sharoitlarni ta’minlash hamda yosh avlodning bilimli, ma’naviyatli va faol fuqarolar bo‘lib voyaga yetishiga ko‘maklashish.