



12-SONLI UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
Ta’lim muassasalarida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, o‘quvchilar uchun iliq va xavfsiz sharoit yaratish hamda dars jarayonlarining uzluksizligini ta’minlash muhim vazifalardan biridir.
Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati A. Isroilov tomonidan 12-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida maktab qozonxonasining mavsumga tayyorgarligi, isitish uskunalarining holati, ko‘mir yoqilg‘isi zaxirasi hamda undan samarali foydalanish uchun yaratilgan sharoitlarga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, maktab hududining obodonligi, tozaligi va tartibga keltirilganligi ko‘zdan kechirilib, o‘quvchilar uchun xavfsiz va qulay muhitni ta’minlash masalalari ham muhokama qilindi.
Kuz-qish mavsumida binolarda yetarli haroratni saqlash, isitish tizimining uzluksiz ishlashini ta’minlash, yoqilg‘i zaxirasini nazorat qilish va hudud obodonligini doimiy saqlab borish muhimligi ta’kidlandi.
Maqsad — ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini ta’minlash, o‘quvchilar uchun munosib ta’lim sharoitlarini yaratish va mavjud masalalar yuzasidan deputatlik nazoratini amalga oshirish.