Barcha yangiliklar
YANGIOBOD TUMAN IT PARKIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR VA OBODONLASHTIRISH HOLATI O‘RGANILDI
Gallery image 279189
Gallery image 279190
Gallery image 279191
ISAYEV SARDORJON KARIMJON O‘G‘LI
29 Okt 2026
21:32

YANGIOBOD TUMAN IT PARKIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR VA OBODONLASHTIRISH HOLATI O‘RGANILDI

Bugungi raqamli taraqqiyot davrida axborot texnologiyalarini rivojlantirish, yoshlarning zamonaviy kasblarni egallashi uchun imkoniyatlar yaratish hamda IT sohasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda zamonaviy infratuzilma va obod muhitni shakllantirish alohida o‘rin tutadi.

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati A. Isroilov tomonidan tuman IT Parkida amalga oshirilayotgan ishlar va hududning obodonlashtirish holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida IT Park hududida olib borilayotgan ishlar, bino va uning atrofini obodonlashtirish, hududning tozaligi hamda yoshlar va tashrif buyuruvchilar uchun qulay muhit yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, hududni yanada tartibga keltirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarini izchil davom ettirish muhimligi qayd etildi.

Mas'ullar bilan suhbat jarayonida yoshlarning zamonaviy axborot texnologiyalarini puxta o‘zlashtirishi, dasturlash va boshqa raqamli yo‘nalishlarda bilimlarini oshirishi, shuningdek, o‘z iqtidor va salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun yaratilgan imkoniyatlarning ahamiyati ta’kidlandi.

Maqsad — IT Park faoliyati uchun qulay muhitni shakllantirish, hudud obodonligini ta’minlash hamda yoshlarning axborot texnologiyalari sohasida bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladigan sharoitlarni yaxshilash.