Barcha yangiliklar
BALANDCHAQIR MAHALLASIDAGI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA BOLALAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
Gallery image 279186
Gallery image 279187
Gallery image 279188
ISAYEV SARDORJON KARIMJON O‘G‘LI
29 Okt 2026
21:10

BALANDCHAQIR MAHALLASIDAGI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA BOLALAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI

Bolalik — inson kamolotining eng muhim bosqichi. Shu bois, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning sog‘lom o‘sishi, sifatli ta’lim-tarbiya olishi va mazmunli vaqt o‘tkazishi uchun munosib sharoitlar yaratish alohida ahamiyatga ega.

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati A. Isroilov tomonidan Balandchaqir mahallasidagi 2-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan ta’lim-tarbiya sharoitlari, guruh xonalarining holati, bolalar maydonchasining obodonligi, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi hamda bolalarning xavfsizligini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, bolalarning har tomonlama rivojlanishi, mashg‘ulotlarni mazmunli tashkil etish, sog‘lom ovqatlanish va ularning bo‘sh vaqtini samarali o‘tkazishi uchun zarur shart-sharoitlarni yanada yaxshilash masalalari muhimligi ta’kidlandi.

Maqsad — maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar uchun qulay, xavfsiz va zamonaviy muhitni ta’minlash, mavjud sharoitlarni yanada yaxshilash hamda bu boradagi masalalarni deputatlik nazorati doirasida o‘rganib borish.