

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
#Buni_bilasizmi
📌 DEPUTATNING GUVOHNOMASI VA KO‘KRAK NISHONI
O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 2-dekabrdagi 706-II-sonli “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunining 4-moddasiga muvofiq, har bir deputat guvohnoma va ko‘krak nishoniga ega bo‘ladi.
⚖️ Qonunchilikda belgilangan tartib:
🔹 Guvohnoma va ko‘krak nishoni deputat tegishli saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olinganidan keyin beriladi.
🔹 Deputat ulardan o‘z vakolatlari muddati davomida foydalanadi.
🔹 Guvohnoma va ko‘krak nishonining namunaviy nizomi, namunalari hamda tavsiflari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
📖 Mazkur hujjatlar deputatning maqomini tasdiqlash va uning vakolatlarini amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube