Barcha yangiliklar
2-SONLI DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
Gallery image 279181
Gallery image 279182
Gallery image 279183
Gallery image 279184
ISAYEV SARDORJON KARIMJON O‘G‘LI
29 Okt 2026
21:03

2-SONLI DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI

Bolajonlar salomatligini asrash, ular uchun xavfsiz va qulay muhit yaratish, ta’lim-tarbiya muassasalarida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish doimiy e’tibor talab etadi. Bunda isitish tizimining sozligi, yoqilg‘i zaxirasining yetarliligi hamda hudud obodonligi muhim ahamiyatga ega.

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati A. Isroilov tomonidan Balandchaqir mahallasidagi 2-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida muassasaning isitish tizimi holati, qozonxonaning mavsumga tayyorgarligi, ko‘mir yoqilg‘isi zaxirasi hamda undan foydalanish uchun yaratilgan sharoitlarga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, tarbiyalanuvchilar foydalanadigan bolalar maydonchasining holati, hududning tozaligi va obodonlashtirilishi, bolalarning ochiq havoda xavfsiz o‘ynashi uchun yaratilgan shart-sharoitlar ham ko‘zdan kechirildi.

Mavsum davomida muassasada yetarli issiqlikni ta’minlash, yoqilg‘i ta’minotini nazorat qilish, bolalar maydonchasini ozoda va xavfsiz saqlash hamda aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Maqsad — maktabgacha ta’lim tashkilotida kuz-qish mavsumini barqaror o‘tkazish, tarbiyalanuvchilar uchun munosib sharoitlarni ta’minlash va mavjud masalalar yuzasidan deputatlik nazoratini amalga oshirish.