



1-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
Ta’lim-tarbiya muassasalarida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, tarbiyalanuvchilar uchun iliq va xavfsiz muhit yaratish hamda isitish tizimlarining uzluksiz ishlashini ta’minlash muhim vazifalardan biridir.
Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati A. Isroilov tomonidan 1-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida qozonxonaning mavsumga tayyorgarligi, isitish uskunalarining texnik holati, ko‘mir yoqilg‘isi zaxirasi hamda uning belgilangan talablar asosida saqlanishi masalalariga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, sovuq kunlarda muassasa binolarida me’yoriy haroratni ta’minlash, isitish tizimining barqaror ishlashini yo‘lga qo‘yish va yoqilg‘i zaxirasidan oqilona foydalanish muhimligi qayd etildi.
Maqsad — maktabgacha ta’lim tashkilotida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, tarbiyalanuvchilar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish hamda isitish tizimi faoliyati ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish.