




YANGIOBOD TUMAN TEXNIKUMIDA YENGIL KONSTRUKSIYALI O‘QUV USTAXONASI QURILISHI HOLATI O‘RGANILDI
Yoshlarning kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, zamonaviy ta’lim infratuzilmasini shakllantirish hamda o‘quvchilar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishda yangi o‘quv ustaxonalarining ahamiyati katta.
Xalq deputatlari Yangiobod tumani Kengashi deputati A. Isroilov tomonidan deputatlik nazorati doirasida Yangiobod tuman texnikumida yengil konstruksiyali o‘quv ustaxonasini qurish ishlari holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida o‘quv ustaxonasi qurilishining borishi, bajarilayotgan ishlarning holati hamda belgilangan talablar asosida sifatli amalga oshirilishiga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda yakunlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish, kelgusida ustaxonadan samarali foydalanish uchun zarur sharoitlarni yaratish masalalari muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
Maqsad — texnikumda zamonaviy va qulay o‘quv muhitini shakllantirish, yoshlarning kasbiy mahoratini oshirish uchun amaliy mashg‘ulotlarga mo‘ljallangan infratuzilmani rivojlantirish hamda qurilish ishlari ustidan deputatlik nazoratini ta’minlash.