Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 279173
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
29 Okt 2026
20:50

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Ekspert_guruhi
EKSPERT GURUHINING TARKIBI QANDAY SHAKLLANTIRILADI?


Ekspert guruhi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida uning tarkibi va ish yuritish tartibi qonunchilik asosida belgilangan.
Ekspert guruhi tarkibiga
✅ rais;
✅ rais oʻrinbosari;
✅ kotib;
✅ aʼzolar kiradi.
Ekspert guruhi aʼzoligiga, qoida tariqasida:
✅ mahalliy Kengash deputatlari;
✅ Kengash kotibiyati xodimlari;
✅ faxriy deputatlar;
✅ ilmiy va taʼlim muassasalari mutaxassislari;
✅ jamoatchilik sohasida tajribali fuqarolar;
✅ NNT, OAV va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari qabul qilinadi.
Ekspert guruhi tarkibi
✅ viloyat va Toshkent shahar Kengashlarida 20 kishigacha;
✅ tuman va shahar Kengashlarida 10 kishigacha shakllantiriladi.
✅Ekspert guruhi tarkibi har yili mahalliy Kengash qarori bilan tasdiqlanadi.
Ekspert guruhi raisi.
✅ guruh faoliyatini tashkil etadi;
✅ majlislarni chaqiradi va kun tartibini belgilaydi;
✅ ish rejalari hamda bayonnomalarni tasdiqlaydi;
✅ aʼzolarning faoliyatini muvofiqlashtiradi.
✅ Ushbu tizim mahalliy Kengashlar faoliyatida professional yondashuv, ochiqlik va samaradorlikni taʼminlashga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube