Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 279166
Gallery image 279167
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
29 Okt 2026
20:13

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Oylik_Ish_reja_ijrosi
📌 DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI


Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 2-Zarabog‘ saylov okrugi deputati X.Xojidinov tomonidan “Zarabog‘” mahallasining faxriy fuqarolari murojaati asosida muhim masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi.

📍 Jumladan, “Zarabo‘g‘” va “Uch yog‘och” mahallalarini bog‘lovchi, 043-A avtomobil yo‘li orqali Kampirtepa granit koniga olib boruvchi yo‘lning ta’mirtalab holatga kelib qolgani inobatga olinib, mazkur yo‘lni asfaltlash masalasi yuzasidan Sherobod tumani “Yo‘llardan foydalanish korxonasi” Dmga deputatlik so‘rovi yuborildi.

✅ Maqsad — aholi murojaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarga yechim topish va yo‘l infratuzilmasini yaxshilashga ko‘maklashish.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube