Barcha yangiliklar
“Tinchlik” mahallasida deputatlik nazorati: belgilangan vazifalar ijrosi muhokamada
MAMASHUKUROV RAHMON ABDULAXAT O‘G‘LI
29 Okt 2026
20:13

“Tinchlik” mahallasida deputatlik nazorati: belgilangan vazifalar ijrosi muhokamada

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 12-“Saxovat” saylov okrugi deputati X.Jurayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirov “Tinchlik” mahallasida bo‘lib, mahalla raisi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PF–116-sonli Farmoni ijrosini muhokama qildi.

Muloqot davomida Farmonda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, “mahalla yettiligi” a’zolari faoliyatini samarali tashkil etish, aholi murojaatlari bilan ishlash hamda mahalladagi mavjud muammolarni aniqlash va ularning yechimini topish masalalariga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, mahalla raisi bilan hamkorlikda hududdagi dolzarb masalalarni o‘rganish, aholi manfaatlarini ta’minlash va belgilangan vazifalar ijrosini kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi.