
Mahalla rivoji uchun birgalikda: “Tinchlik” mahallasida yangi loyiha va ish o‘rinlari masalasi muhokama qilindi
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 12-“Saxovat” saylov okrugi deputati X.Jurayev “Tinchlik” mahallasida bo‘lib, mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Uchrashuv davomida mahalla hokim yordamchisi bilan aholi murojaatlari bilan ishlash, hududning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish va yangi tadbirkorlik loyihalarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, “Tinchlik” mahallasida “ISTIQLOL SHIRIN BULOG‘I” MCHJ tomonidan yetkazib berish xizmatini tashkil etish bo‘yicha yangi loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. Mazkur tashabbus doirasida 10 ta yangi ish o‘rni yaratish ko‘zda tutilgan.
Deputat va hokim yordamchisi ushbu loyihaning o‘z vaqtida amalga oshirilishi, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda yaratiladigan ish o‘rinlarining aholi bandligini ta’minlashdagi ahamiyatini muhokama qildilar.
Deputatlik nazorati doirasida mahallada belgilangan rejalar ijrosini kuzatib borish, tadbirkorlik loyihalarini ro‘yobga chiqarish va aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.