Barcha yangiliklar
Termizda “Yashil dastur” ijrosi: ekologik barqarorlik va yashil hududlarni kengaytirish masalalari o‘rganilmoqda
Gallery image 279159
Gallery image 279160
Gallery image 279161
Gallery image 279162
Gallery image 279163
MAMASHUKUROV RAHMON ABDULAXAT O‘G‘LI
29 Okt 2026
20:08

Termizda “Yashil dastur” ijrosi: ekologik barqarorlik va yashil hududlarni kengaytirish masalalari o‘rganilmoqda

Termiz shahrida ekologik barqarorlikni ta’minlash, yashil hududlarni ko‘paytirish, mavjud daraxtlarni muhofaza qilish hamda suv resurslaridan oqilona va tejamkor foydalanish masalalari deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 23-sentabrdagi PF–206-son Farmoni ijrosi doirasida 2026-yil kuzgi mavsumida “Yashil dastur”, ya’ni “Yashil makon” umummilliy loyihasini yangi bosqichga olib chiqish, mahallalarda qulay ekologik muhit yaratish, ekilgan ko‘chatlarning yashovchanligini oshirish hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlariga ilm-fan va zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish vazifalari belgilangan.
Mazkur vazifalar ijrosini o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 17-“Surxon sohili” saylov okrugi deputati, Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi B.Raxmatullayev, 12-“Saxovat” saylov okrugi deputati, komissiya a’zosi X.Jurayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurov shahar Ekopolitsiya bo‘limi boshlig‘i S.Qurbonov bilan birgalikda joylarda o‘rganish ishlarini olib bordilar.
O‘rganishlar davomida kuzgi mavsumda ko‘kalamzorlashtirish ishlarini samarali tashkil etish, ekiladigan ko‘chatlarni to‘g‘ri tanlash va ularning parvarishini yo‘lga qo‘yish, mavjud yashil hududlarni asrash hamda ekologik talablarga rioya etish masalalariga e’tibor qaratildi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar yuzasidan bildirilgan takliflar Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritiladigan masalani tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ekologik barqarorlik — umumiy mas’uliyat. Yashil hudудlarni asrash va ko‘paytirish esa kelajak avlodlar uchun sog‘lom muhit yaratishning muhim shartidir.