Barcha yangiliklar
“Ko‘chama-ko‘cha deputat daftari”dagi murojaatlar joyida o‘rganildi
Gallery image 279153
Gallery image 279154
Gallery image 279155
MAMASHUKUROV RAHMON ABDULAXAT O‘G‘LI
29 Okt 2026
20:05

“Ko‘chama-ko‘cha deputat daftari”dagi murojaatlar joyida o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, 9-“Abdulla Avloniy” saylov okrugi deputati D.Normurodova hamda shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurov tomonidan “Abdulla Avloniy” mahalla fuqarolar yig‘inida deputatning “Ko‘chama-ko‘cha deputat daftari”ga kiritilgan fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-sonli qarori ijrosini ta’minlash, aholi bilan bevosita muloqotni kuchaytirish hamda fuqarolarni qiynayotgan muammolarni joyida aniqlash va ularning yechimiga ko‘maklashish maqsadida tashkil etildi.
O‘rganish davomida ichimlik suvi bilan bog‘liq jiddiy muammo aniqlandi. Xususan, 19-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti bilan 29-sonli ko‘p qavatli uy oralig‘idan o‘tgan ichimlik suvi quvurida avariya holati yuzaga kelgan. Quvurning yorilishi oqibatida toza ichimlik suvi bir necha kundan buyon uzluksiz oqib, isrof bo‘layotgani ma’lum bo‘ldi.

Vaziyatning yana bir muhim jihati shundaki, mazkur nosozlik tufayli 15-, 27A-, 31- va 33-sonli ko‘p qavatli uylarning yuqori qavatlarida, xususan, 3–4-qavatlarda yashovchi fuqarolar ichimlik suvi ta’minotida muammolarga duch kelmoqda.

Bu holat quvurdagi nosozlikni tezkorlik bilan bartaraf etish, suv isrofining oldini olish va aholiga ichimlik suvi yetkazib berishni barqarorlashtirish zarurligini ko‘rsatadi.

O‘rganish jarayonida fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarga alohida e’tibor qaratilib, muammoni hal etish bo‘yicha tegishli mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur amaliy choralar ko‘rish masalasi belgilab olindi.