
“Namuna” mahallasida PF-116-sonli Farmon ijrosi va aholi muammolari muhokama qilindi
Termiz shahrida mahallalarda boshqaruv samaradorligini oshirish, “mahalla yettiligi” faoliyatini muvofiqlashtirish hamda fuqarolarni qiynayotgan masalalarni joyida o‘rganish yuzasidan deputatlik nazorati tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.
Shu doirada Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputati D.Normuradova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurov Kengashning 25-"Kokildorota" saylov okrugi deputati M.Sidiqova okrugiga qarashli "Namuna" mahallasida bo‘lib, mahalla raisi bilan PF-116-sonli Farmon ijrosimahallasida bo‘lib, mahalla raisi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PF-116-sonli Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini muhokama qildilar.
Uchrashuv deputatlar faoliyati uchun belgilangan “Eng muhim 24 ta yo‘nalish” doirasida tashkil etilib, mahalladagi mavjud holat, aholi ehtiyojlari va muammolarni hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.
Muhokama davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
“Mahalla yettiligi” hamkorligi. Mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektori va ijtimoiy xodim faoliyatini o‘zaro muvofiqlashtirish, xonadonbay ishlash orqali fuqarolarning ehtiyojlarini aniqlash va muammolariga yechim topish.
Aholi bandligi va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash. Ehtiyojmand oilalarni manzilli qo‘llab-quvvatlash, ishsiz fuqarolar bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj xonadonlar bilan tizimli ishlash.
Hududiy muammolar va deputatlik nazorati. Yo‘l, elektr ta’minoti, ichimlik suvi va obodonlashtirish bilan bog‘liq masalalarni o‘rganish, ularni vakolatli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda zarur hollarda deputatlik so‘rovlari orqali ijrosini nazorat qilish.
Shuningdek, mahallada aniqlangan muammolarni bartaraf etish, aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va mas’ul tashkilotlar hamkorligini kuchaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Muhokama yakunida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, mavjud muammolarni tizimli ravishda o‘rganish va ularning yechimi bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish yuzasidan tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi.