Barcha yangiliklar
Yong‘indan zarar ko‘rgan xonadonlar e’tiborda
Gallery image 279140
Gallery image 279141
Gallery image 279142
Gallery image 279143
Gallery image 279144
Gallery image 279145
Gallery image 279146
Gallery image 279147
Gallery image 279148
MAMASHUKUROV RAHMON ABDULAXAT O‘G‘LI
29 Okt 2026
20:02

Yong‘indan zarar ko‘rgan xonadonlar e’tiborda

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining tegishli qarori ijrosini ta’minlash, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash hamda hududlardagi mavjud muammolarni o‘rganish yuzasidan deputatlik nazorati olib borilmoqda.

Shu doirada Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 8-“O‘zbekiston” saylov okrugi deputati M.Ruziyeva, 15-“Tuproqqo‘rg‘on” saylov okrugi deputati D.Toshbayeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurov Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zolari ishtirokida “O‘zbekiston” mahallasidagi Madaniyat ko‘chasi, 15-uy manzilida bo‘lib, mavjud infratuzilma holatini atroflicha o‘rgandilar.
O‘rganish ishlari Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 2026-yil 23-oktabrdagi VII-26-92-8-121-K/26-sonli “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi qarori ijrosi doirasida tashkil etildi.

Mazkur qarorga muvofiq, Termiz shahrida sodir bo‘lgan texnogen (yong‘in) hodisasi oqibatida zarar ko‘rgan, “Ijtimoiy reyestr” yoki “Yolg‘iz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning uy-joylarini ta’mirlash xarajatlari uchun 6 ta xonadonga jami 75 million so‘m mablag‘ ajratilgan.

O‘rganish davomida ajratilgan mablag‘lar yo‘naltirilgan xonadonlardagi infratuzilma holati va ta’mirlash ishlariga oid masalalar ko‘rib chiqildi.

Asosiy maqsad — ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning munosib yashash sharoitlarini yaxshilash hamda Kengash qarorlari ijrosini deputatlik nazorati asosida ta’minlash.