Barcha yangiliklar
MAHALLIY BUDJETNING TO‘QQIZ OYLIK IJROSI MUHOKAMA QILINDI
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
29 Okt 2026
20:00

MAHALLIY BUDJETNING TO‘QQIZ OYLIK IJROSI MUHOKAMA QILINDI

MAHALLIY BUDJETNING TO‘QQIZ OYLIK IJROSI MUHOKAMA QILINDI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida mahalliy budjet ijrosiga oid masala ko‘rib chiqildi.
📌 Yig‘ilishda tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari U. Maxmanazarovning Pastdarg‘om tumani mahalliy budjeti parametrlarining 2026-yilning to‘qqiz oyi davomidagi ijrosi to‘g‘risidagi hisoboti eshitildi.
🔎 Muhokama davomida mahalliy budjet daromadlari va xarajatlari ijrosi, budjet mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish, belgilangan parametrlarning bajarilishi hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
🤝 Doimiy komissiya tomonidan mahalliy budjet ijrosini ta’minlash, moliyaviy intizomga rioya etish va hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun budjet mablag‘laridan oqilona foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.