Barcha yangiliklar
BYUDJET DAROMADLARI PROGNOZI IJROSI MUHOKAMA QILINDI
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
29 Okt 2026
20:00

BYUDJET DAROMADLARI PROGNOZI IJROSI MUHOKAMA QILINDI

 BYUDJET DAROMADLARI PROGNOZI IJROSI MUHOKAMA QILINDI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida muhim masala ko‘rib chiqildi.
📌 Yig‘ilishda Pastdarg‘om tumani Soliq inspeksiyasi boshlig‘i N. Razzaqovning 2026-yil uchinchi choragi davomida budjet daromadlari bo‘yicha belgilangan prognoz ko‘rsatkichlarining ijrosi, qo‘shimcha daromad manbalarini aniqlash hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan hisoboti eshitildi.
🔎 Muhokama davomida budjet daromadlari prognozi ijrosini ta’minlash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, qo‘shimcha daromad manbalarini aniqlash va budjet tushumlarini oshirishga qaratilgan vazifalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
🤝 Mazkur masalalar yuzasidan tegishli takliflar ko‘rib chiqilib, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.