Barcha yangiliklar







SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
29 Okt 2026
19:59
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
ANORCHILIK SOHASINI RIVOJLANTIRISH: ISTIQBOL VA IMKONIYATLAR
📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi O.Tursunov Surxondaryo viloyati Anorchilik uyushmasi rahbari Sh.Bo‘riyev bilan uchrashuv o‘tkazdi.
🤝 Uchrashuv davomida anorchilik sohasining bugungi holati, erishilayotgan natijalar, mavjud muammolar hamda tarmoqni yanada rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Xususan fermer va dehqon xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash, anorchilik bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar uchun mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda sohada yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.
📈 Anorchilik Surxondaryo viloyatining qishloq xo‘jaligidagi muhim yo‘nalishlardan biri bo‘lib, ushbu tarmoqni rivojlantirish aholi bandligini ta’minlash, fermerlar daromadini oshirish va hududning eksport salohiyatini mustahkamlashga xizmat qiladi.
✅ Uchrashuv yakunida anorchilik sohasidagi mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash va tarmoq rivojiga xizmat qiluvchi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan fikrlar bildirildi.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube