Barcha yangiliklar
10-SONLI DMTTDA BOLALARNING SOG‘LOM OVQATLANISHI MASALASI O‘RGANILDI
Gallery image 279133
Gallery image 279134
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
29 Okt 2026
19:59

10-SONLI DMTTDA BOLALARNING SOG‘LOM OVQATLANISHI MASALASI O‘RGANILDI

10-SONLI DMTTDA BOLALARNING SOG‘LOM OVQATLANISHI MASALASI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati X. Turdiyev 10-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, tarbiyalanuvchilarni sog‘lom va sifatli ovqatlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishdi.
🍽 O‘rganish davomida bolalar ovqatlanishini tashkil etish, oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish hamda zarur oshxona anjomlari bilan ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.
📞 Deputat oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib beruvchi tadbirkor bilan telefon orqali muloqot qilib, muassasaga zarur idish-tovoqlarni yetkazib berish masalasini ko‘tardi.
📑 Shuningdek, 10-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini tegishli dasturga kiritish masalasi ham ko‘rib chiqildi.
🔎 Mazkur o‘rganish bolalar uchun sog‘lom ovqatlanish sharoitlarini yaxshilash, muassasaning mavjud ehtiyojlarini aniqlash va ularni hal etish choralarini belgilashga qaratildi.