

34-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDAGI MUAMMOLAR DEPUTAT E’TIBORIDA
34-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDAGI MUAMMOLAR DEPUTAT E’TIBORIDA
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati X. Turdiyev Beshbola mahallasida joylashgan 34-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, muassasaning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati bilan tanishdi.
🏫 O‘rganish davomida sovuq kunlarda bolalar uchun munosib sharoit yaratish, kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish masalalari ko‘rib chiqildi.
🚻 Shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar uchun hojatxona masalasini hal etish yuzasidan zarur choralar muhokama qilindi.
🔎 Deputat tomonidan mazkur masalalarning yechimi bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borish va bolalar uchun qulay hamda xavfsiz sharoitlarni ta’minlashga e’tibor qaratildi.