


BЕSHBOLA MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR DEPUTAT E’TIBORIDA
BЕSHBOLA MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR DEPUTAT E’TIBORIDA
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati X. Turdiyev Beshbola mahallasida bo‘lib, mahalladagi mavjud muammolar va ularning yechimini ta’minlash choralari yuzasidan suhbatlashdi.
🤝 Muloqot davomida mahalla aholisi uchun dolzarb bo‘lgan masalalar muhokama qilinib, ularni hal etish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar ko‘rib chiqildi.
🏫 Shuningdek, mahalladagi 34-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, kuz-qish mavsumini betalafot va muammolarsiz o‘tkazish uchun tayyorgarlik holati bilan tanishdi.
🚻 Tashrif davomida bolalar uchun sanitariya-gigiyena talablariga javob beradigan hojatxona masalasini hal etish choralari ham muhokama qilindi.
🔎 Deputat tomonidan mazkur masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish va ularning yechimi yuzasidan zarur choralarni ko‘rish masalalariga e’tibor qaratildi.