
MAHALLIY BUDJET DAROMADLAR BAZASINI KENGAYTIRISH BO‘YICHA SAVOLLAR ISHLAB CHIQILDI
MAHALLIY BUDJET DAROMADLAR BAZASINI KENGAYTIRISH BO‘YICHA SAVOLLAR ISHLAB CHIQILDI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-iyundagi 445-son qarori ijrosini o‘rganish yuzasidan deputatlar uchun tegishli savollar ishlab chiqildi.
🔎 Savollar tumanda mahalliy budjet daromadlari bazasini kengaytirish, qo‘shimcha daromad manbalarini aniqlash, soliq tushumlarini oshirish, mavjud zaxiralardan samarali foydalanish hamda mas’ul tashkilotlar faoliyatini tahlil qilishga qaratildi.
📊 O‘rganish jarayonida mas’ul tashkilotlardan qaror ijrosi yuzasidan aniq ma’lumotlar va tasdiqlovchi hujjatlar olinib, amalga oshirilgan ishlar natijadorligi baholanadi.
🤝 Mazkur jarayon mahalliy budjet daromadlarini oshirish imkoniyatlarini aniqlash, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda deputatlik nazoratini kuchaytirishga xizmat qiladi.