Barcha yangiliklar
MAHALLIY BUDJET DAROMADLAR BAZASINI KENGAYTIRISH BO‘YICHA ISHCHI GURUH SHAKLLANTIRILDI
Gallery image 279124
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
29 Okt 2026
19:53

MAHALLIY BUDJET DAROMADLAR BAZASINI KENGAYTIRISH BO‘YICHA ISHCHI GURUH SHAKLLANTIRILDI

MAHALLIY BUDJET DAROMADLAR BAZASINI KENGAYTIRISH BO‘YICHA ISHCHI GURUH SHAKLLANTIRILDI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-iyundagi 445-son qarori ijrosini o‘rganish maqsadida ishchi guruh shakllantirildi.
🔎 Ishchi guruh tomonidan tumanda mahalliy budjet daromadlari bazasini kengaytirish, qo‘shimcha daromad manbalarini aniqlash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda mas’ul tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rganish rejalashtirilgan.
📊 O‘rganish jarayonida tegishli tashkilotlardan zarur ma’lumotlar va hujjatlar olinib, qaror ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinadi. Aniqlangan muammo va kamchiliklar bo‘yicha tegishli takliflar ishlab chiqilib, deputatlik nazorati doirasida ko‘rib chiqiladi.
🤝 Mazkur ishchi guruh faoliyati mahalliy budjet daromadlarini oshirish imkoniyatlarini aniqlash va hududning moliyaviy salohiyatini mustahkamlashga xizmat qiladi.