Barcha yangiliklar
MAHALLIY BUDJET DAROMADLAR BAZASINI KENGAYTIRISH MASALASI O‘RGANILDI
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
29 Okt 2026
19:52

MAHALLIY BUDJET DAROMADLAR BAZASINI KENGAYTIRISH MASALASI O‘RGANILDI

MAHALLIY BUDJET DAROMADLAR BAZASINI KENGAYTIRISH MASALASI O‘RGANILDI
🗓 2026-yil 29-oktabr kuni Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi o‘tkazildi.
📑 Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-iyundagi 445-son qarori ijrosi, mahalliy budjet daromadlari bazasini kengaytirish hamda qo‘shimcha daromad manbalarini aniqlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
🔎 Muhokama davomida deputatlar tomonidan mas’ul tashkilotlar faoliyatini o‘rganish, budjet daromadlarini oshirish imkoniyatlarini aniqlash va qaror ijrosi yuzasidan tegishli ma’lumotlarni tahlil qilishga qaratilgan savollar berildi.
📊 Shuningdek, mahalliy budjetga qo‘shimcha daromadlarni jalb etish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarning hisobdorligini kuchaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.
🤝 O‘rganishdan asosiy maqsad — mahalliy budjet daromadlarini oshirish, budjet mablag‘laridan samarali foydalanish va ushbu yo‘nalishda deputatlik nazoratini kuchaytirishdan iborat.