
MAHALLIY BUDJET DAROMADLARINI OSHIRISH ZAXIRALARI MUHOKAMA QILINADI
MAHALLIY BUDJET DAROMADLARINI OSHIRISH ZAXIRALARI MUHOKAMA QILINADI
🗓 2026-yil 29-oktabr kuni soat 11:00 da Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
📋 Yig‘ilish kun tartibidan:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-iyundagi 445-sonli qarori bilan belgilangan mahalliy budjetlar daromadlar bazasini kengaytirish zaxiralarini aniqlash ishlarini tashkil etish chora-tadbirlarining tumandagi ijrosini o‘rganish masalasi o‘rin olgan.
🔎 Yig‘ilishda mazkur qaror ijrosi, mahalliy budjet daromadlarini oshirish imkoniyatlari va mavjud zaxiralardan samarali foydalanish masalalariga e’tibor qaratiladi.
✅ Maqsad — mahalliy budjet daromadlarini ko‘paytirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda belgilangan vazifalar ijrosi ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish.