Barcha yangiliklar
MAHALLIY BYUDJET DAROMADLAR BAZASINI KENGAYTIRISH MASALASI O‘RGANILADI
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
29 Okt 2026
19:50

MAHALLIY BYUDJET DAROMADLAR BAZASINI KENGAYTIRISH MASALASI O‘RGANILADI

 MAHALLIY BYUDJET DAROMADLAR BAZASINI KENGAYTIRISH MASALASI O‘RGANILADI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan mahalliy budjet daromadlar bazasini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni o‘rganish rejalashtirildi.
📝 Shu munosabat bilan, doimiy komissiyaning 2026-yil 29-oktabrdagi 110-kx-487-26-sonli xati bilan tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari U.Maxmanazarovdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-iyundagi 445-sonli qarori ijrosi yuzasidan ma’lumotlar so‘raldi.
🔎 O‘rganish davomida:
▪️ mahalliy budjet daromadlar bazasini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar;
▪️ aniqlangan qo‘shimcha daromad manbalari va zaxiralar;
▪️ mavjud zaxiralarni safarbar etish yuzasidan ko‘rilgan choralar;
▪️ erishilgan natijalar hamda mavjud muammolar;
▪️ kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar tahlil qilinadi.
✅ Mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan maqsad — mahalliy budjet daromadlarini oshirish imkoniyatlarini aniqlash, mavjud zaxiralardan samarali foydalanish hamda tegishli qaror ijrosi ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirishdan iborat.