Barcha yangiliklar











SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
29 Okt 2026
19:50
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
#Oliy_Majlis_Qonunchilik_palatasi_deputati_bilan_hamkorlik
🐄 CHORVACHILIKNI RIVOJLANTIRISH — QISHLOQ XO‘JALIGI TARAQQIYOTI YO‘LIDA
📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi O.Tursunov “Begzod Bunyod Kamron” fermer xo‘jaligida bo‘lib, Rossiya Federatsiyasining Novosibirsk viloyatidan olib kelingan simmental zotli naslli qoramollarni parvarishlash jarayoni bilan tanishdi.
📌 Tashrif davomida fermer xo‘jaligida naslli qoramollarni boqish, ularni parvarishlash uchun yaratilgan sharoitlar, chorvachilik mahsuldorligini oshirish hamda sohaga zamonaviy tajribalarni joriy etish masalalariga e’tibor qaratildi.
🐄 Simmental zotli qoramollar go‘sht va sut yo‘nalishidagi yuqori mahsuldorligi bilan ajralib turadi. Bunday naslli qoramollarni mahalliy chorvachilikka jalb etish sut va go‘sht mahsulotlari yetishtirish hajmini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash hamda fermer xo‘jaligi faoliyati samaradorligini yuksaltirishga xizmat qiladi.
🌱 Shuningdek, chorvachilik tarmog‘ini rivojlantirish, fermerlarni qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholini sifatli chorvachilik mahsulotlari bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning ahamiyati ta’kidlandi.
✅ Bunday tashabbuslar tumanda qishloq xo‘jaligi salohiyatini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va hudud iqtisodiyotining barqaror o‘sishiga munosib hissa qo‘shadi.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube