


KAMBA‘ALLIKNI QISQARTIRISH: OILALARNING MUAMMO VA EHTIYOJLARI O‘RGANILMOQDA
KAMBA‘ALLIKNI QISQARTIRISH: OILALARNING MUAMMO VA EHTIYOJLARI O‘RGANILMOQDA
🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati G. Bozorova tomonidan tuman Kengashi kotibiyati shakllantirgan oilalar ro‘yxati asosida ishchi guruh a’zolari bilan birgalikda Chortut mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
🏠 Jumladan, kambag‘allik reyestrida ro‘yxatda turuvchi fuqaro Sarvinoz Majidovaning xonadonida bo‘lib, oilaning ijtimoiy-maishiy sharoiti bilan yaqindan tanishildi.
🔎 O‘rganish davomida oilaning bandlik holati, mavjud muammolari va ehtiyojlari joyiga chiqqan holda o‘rganilib, ularni hal etish hamda oilani qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlariga e’tibor qaratildi.
🤝 Asosiy maqsad — kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va ehtiyojmand oilalarning turmush sharoitini yaxshilash yuzasidan amaliy choralarni belgilash.
Xalq uchun, xalq bilan!