Barcha yangiliklar
NAVBATDAGI SESSIYA OLDIDAN O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA
Gallery image 279111
Gallery image 279112
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
29 Okt 2026
19:47

NAVBATDAGI SESSIYA OLDIDAN O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA

 NAVBATDAGI SESSIYA OLDIDAN O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA

🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati G.Bozorova tomonidan navbatdagi Kengash sessiyasida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan masala yuzasidan joylarda o‘rganish ishlari olib borildi.

💧 Jumladan, deputat tomonidan Chortut mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan ichimlik suvi inshootlarining faoliyati o‘rganildi.

🌐 O‘rganish davomida ichimlik suvi inshootlarining faoliyati, aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash holati hamda mavjud masalalarga e’tibor qaratildi.

✏️ O‘rganish natijalari navbatdagi sessiyada masalani atroflicha muhokama qilish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli takliflar ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.

✅ Maqsad — aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash, mavjud muammolarni o‘rganish va ularning yechimi yuzasidan deputatlik nazoratini kuchaytirish.