


BOLALARGA NISBATAN ZO‘RAVONLIKNING OLDINI OLISH — MUHIM VAZIFA
BOLALARGA NISBATAN ZO‘RAVONLIKNING OLDINI OLISH — MUHIM VAZIFA
🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati F. Islomova ishtirokida Pastdarg‘om tumanidagi 1-son texnikum o‘quvchilari bilan “Bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning salbiy ta’siri, oilalarda sog‘lom ijtimoiy muhit va gender tengligini targ‘ib qilish, erta nikohning oldini olish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
🤝 Davra suhbati davomida bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning ularning jismoniy va ruhiy rivojlanishiga salbiy ta’siri, oilalarda sog‘lom ma’naviy-ruhiy muhitni shakllantirish, gender tengligi tamoyillariga rioya etish hamda erta nikohning oldini olish masalalari muhokama qilindi.
🗣 Shuningdek, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, zo‘ravonlikning har qanday ko‘rinishiga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, oila va jamiyatda o‘zaro hurmat tamoyillarini mustahkamlash yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
✅ Bunday ma’rifiy tadbirlar yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni sog‘lom fikrlaydigan, huquqiy bilimga ega va mas’uliyatli insonlar etib tarbiyalashga xizmat qiladi.
Xalq uchun, xalq bilan!