
OILALARDA SOG‘LOM MA’NAVIY-RUHIY MUHITNI SHAKLLANTIRISH — MUHIM VAZIFA
OILALARDA SOG‘LOM MA’NAVIY-RUHIY MUHITNI SHAKLLANTIRISH — MUHIM VAZIFA
🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati F. Islomova tegishli tadbirda ishtirok etdi.
🤝 Tadbir davomida oilalarda sog‘lom ma’naviy-ruhiy muhitni shakllantirish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, gender tengligi tamoyillariga rioya etish hamda erta nikohning oldini olish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
🗣 Muloqot jarayonida xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, oilalarda o‘zaro hurmat va hamjihatlikni mustahkamlash, yoshlarni oilaviy hayotga mas’uliyat bilan tayyorlash hamda erta nikohning salbiy oqibatlari haqida tushuntirish ishlarini kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.
✅ Bunday tadbirlar oilalar farovonligini mustahkamlash, jamiyatda tenglik tamoyillarini qaror toptirish va yoshlar kelajagini himoya qilishga xizmat qiladi.
Xalq uchun, xalq bilan!