Barcha yangiliklar









XOLIQJONOVA BARNOXON AXROR QIZI
29 Okt 2026
19:42
"ZARXAL" MAHALLASI RAISINING 9 OYLIK HISOBOTI ESHITILDI
"ZARXAL" MAHALLASI RAISINING
9 OYLIK HISOBOTI ESHITILDI
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi raisi Sh.Umarxo‘jayeva, okrug deputati Nargiza Kamolova, kotibiyat bosh mutaxassisi U.Shopotixov hamda eksport guruhi raisi o‘rinbosari X.Xamidov ishtirokida "Zarxal" mahallalarida mahalla yettiligining amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisoboti eshitildi.
📍 2026-yilning yanvar–oktabr oylari davomida "Zarxal " mahallasida amalga oshirilgan ishlar, aholi murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy himoya, bandlik va hududni obodonlashtirish borasidagi faoliyat natijalari yuzasidan mahalla raisining hisobotiga alohida e’tibor qaratildi.
📋 Hisobot davrida quyidagi yo‘nalishlarda ishlar amalga oshirildi:
Zarxal mahalla xonodon soni 416ta, aholi soni 4754 ta,oila soni 1735tani tashkil etadi
Qiynalgan oilalarga oziq ovqat paketlari va rozai- ramazon oyida exsonlar berildi.
Ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan manzilli ishlar olib borilmoqda
Fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish va mavjud muammolarni hal etish choralarini ko‘rish;
🤝 MFY YETTILIGI, DEPUTAT VA AHOLI OLDIDA HISOBDORLIK
🔖 Mahalla raisining hisoboti mahalladagi muammolarni aniqlash, amalga oshirilgan ishlar samaradorligini baholash va kelgusidagi vazifalarni belgilashda muhim ahamiyatga ega.
📎 Shu bilan birga, MFY yettiligi a’zolarining o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha mas’uliyati, mahalla raisining aholi oldida hisobdorligi hamda xalq deputatlari tuman Kengashi deputatining deputatlik nazorati mahalladagi dolzarb masalalarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning yechimini ta’minlashga xizmat qiladi.