Barcha yangiliklar
Mahalliy Kengashlarda deputatlik nazorati samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi
Gallery image 279091
Gallery image 279092
Gallery image 279093
Gallery image 279094
Gallery image 279095
Gallery image 279096
Gallery image 279097
Gallery image 279098
YUSUBOV MUZAFFAR ALIMBAYEVICH
29 Okt 2026
19:42

Mahalliy Kengashlarda deputatlik nazorati samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi

#poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Mahalliy Kengashlarda deputatlik nazorati samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi

🏛 Oliy Majlis Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi tomonidan mahalliy Kengashlar deputatlari ishtirokida amaliy seminar oʻtkazildi.

🔺 Unda deputat soʻrovi institutidan samarali foydalanish, aholi murojaatlarini hal etishda mahalliy Kengashlar rolini oshirish hamda masʼul rahbarlarning hisobdorligini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

♻️ Seminarda deputat soʻrovlarining mazmuni va sifati, ularga oʻz vaqtida javob berish, soʻrovlar natijalarini Kengash sessiyalarida koʻrib chiqish amaliyoti tahlil qilindi. Deputat soʻrovlari maishiy masalalarni hal etishdan koʻra hududlardagi tizimli muammolarni aniqlash va masʼul idoralar faoliyati ustidan taʼsirchan nazoratni taʼminlashga yoʻnaltirilishi zarurligi taʼkidlandi.

📋 Shuningdek, Xalq qabulxonalari axborotlarini, hokimlar va hududiy davlat organlari rahbarlarining hisobotlarini eshitishda deputatlik nazoratini kuchaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Muammolarni dastlab doimiy komissiyalarda chuqur oʻrganish, ularni sessiyalar muhokamasiga olib chiqish hamda har bir vazifa boʻyicha masʼullar va aniq muddatlarni belgilash muhimligi qayd etildi.

🔺 Seminar yakunida mahalliy Kengashlar va kotibiyatlar faoliyatini takomillashtirish, deputatlik nazoratining taʼsirchanligini oshirish va aholi murojaatlarini hal etishda amaliy natijadorlikni taʼminlash boʻyicha tavsiyalar berildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash