







91-SONLI DMTTNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
91-SONLI DMTTNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi 6-Olimpiya saylov okrugi deputati T.Shomansurov, kotibiyat bosh mutaxassisi U. Shopotixov hamda eksport guruhi raisi o‘rinbosari X. Xamidovlar tomonidan Olmazor tumani Olimpiya mahallasi hududida joylashgan 91-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida maktabgacha ta’lim tashkilotining isitish tizimi, isitish uskunalarining texnik holati, bino xonalarida zarur haroratni ta’minlash imkoniyatlari hamda mavsumni betalafot o‘tkazish uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun xavfsiz va qulay muhit yaratish, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etish, mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda isitish tizimining uzluksiz ishlashini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 391-sonli “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi tumanda organish masalasi korib chiqildi
Mazkur o‘rganish bolalar uchun munosib sharoitlarni ta’minlash, ta’lim-tarbiya jarayonining uzluksizligini saqlash va kuz-qish mavsumini xavfsiz o‘tkazishga qaratildi.
🏛 Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining mavsumga tayyorgarligi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish masalalari deputatlik nazorati doirasida e’tiborda bo‘ladi.