






UMID MAHALLASIDA FUQAROLAR MUROJAATI O‘RGANILDI
UMID MAHALLASIDA FUQAROLAR MUROJAATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati K. Muxitdinova, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U. Shopotixov hamda Eksport guruhi raisi o‘rinbosari X. Xamidovlar ishtirokida Olmazor tumani Umid mahallasida fuqarolar murojaatlarini o‘rganish yuzasidan amaliy ishlar olib borildi.
🔎 Murojaat — e’tibor va amaliy yechim markazida!
O‘rganish davomida fuqaro tomonidan bildirilgan murojaat, mavjud muammo va takliflar atroflicha tinglanib, masalaning mazmun-mohiyati hamda uning kelib chiqish sabablari o‘rganildi. Fuqaroning fikr va mulohazalariga alohida e’tibor qaratilib, murojaatda ko‘tarilgan masalalarni belgilangan tartibda hal etish imkoniyatlari muhokama qilindi.
🤝 Shuningdek, fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘rnatish, ularning kundalik hayotida uchrayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, murojaatlarni qonunchilik talablari asosida ko‘rib chiqish hamda tegishli mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar belgilash muhimligi ta’kidlandi.
☑️ Deputatlik faoliyatining asosiy maqsadi — aholi bilan doimiy muloqotda bo‘lish, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni qiynayotgan masalalarga yechim topish va mahallalarda yashash sharoitlarini yaxshilashga ko‘maklashishdan iborat.
📌 Fuqarolar murojaatlari deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, har bir murojaatga mas’uliyat bilan yondashish, uning ijrosini nazorat qilish va natijadorlikka erishish ustuvor vazifa hisoblanadi.