
DEPUTATNING KUNLIK ISH REJASI
DEPUTATNING KUNLIK ISH REJASI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining 13-Amir Temur saylov okrugi deputati Islomova Fotima Bazarovna tomonidan kun davomida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida quyidagi yo‘nalishlarda ish olib borish rejalashtirilgan.
🔹 Parklar, xiyobonlar, bog'larning holatini o‘rganish;
🔹 Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni ishchi guruh bilan birgalikda xonadonbay o‘rganish;
🔹 Doimiy komissiya yig‘ilishida ishtirok etish va kun tartibidagi masalalarni muhokama qilish;
🔹 O‘zbekiston Respublikasi qonunlari ijrosini o‘rganish hamda qonunchilik hujjatlari talablarining bajarilishi ustidan deputatlik nazoratini olib borish;
🔹 Sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan saylov okrugida o‘rganishlar olib borish. Jumladan, ichimlik suvi ta’minoti, soliq to‘lovlari hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish holatini tahlil qilish;
🔹 Fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, aniqlangan muammolarni hal etish yuzasidan deputatlik so‘rovlari yuborish va ularning ijrosini nazoratga olish.
✅ Asosiy maqsad — aholi muammolarini aniqlash, ularning yechimiga ko‘maklashish, hududdagi dolzarb masalalarni hal etish va fuqarolar manfaatlarini himoya qilish.