




"ZARXAL" MAHALLASIDAGI HOKIM YORDAMCHISINI HISOBOTI ESHITILDI
"ZARXAL" MAHALLASIDAGI HOKIM YORDAMCHISINI HISOBOTI ESHITILDI
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi raisi Sh. Umarxo‘jayeva, okrug deputati N.Kamolova, kotibiyat bosh mutaxassisi U.Shopotixov hamda eksport guruhi raisi o‘rinbosari X. Xamidov ishtirokida "Zarxal" mahallasida mahalla yettiligining amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisoboti eshitildi.
🤝 Hisobotni eshitish jarayonida mahallada joriy yilning o‘tgan 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar, Mahallada aholi bandligini ta’minlash va ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, aholi turmush sharoitini yaxshilash, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash hamda mavjud ijtimoiy muammolarni bartaraf etish borasida olib borilgan ishlar atroflicha muhokama qilindi.
📌 Muhokama davomida quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:
Aholiga imtiyozli kredit ajratish bo’yicha 71 mln sum ajratilgan;
shundan: Xar bir oila oila tadbirkor yunalishi bo’yicha 66 mln, davlat ta’minotidagi oilaga tikuvchilik faoliyatini boshlash uchun berilgan
Kasb-hunarga o’qitish yunalishi bo’yicha 5 ta aholiga vaucher berildi;
Shundan: Massaj yunalishi 2 ta Kompyuter grafikasi 1 ta Buxgalteriya 2 ta.
Ishga joylashtirish bo’yicha, 36 ishsizdan 28 tasi doimiy ishga joylashtirildi:
Shundan: 12 nafari doimiy ishga joylashtirildi, 16 nafari o’zini o’zi band qilgan shaxs sifatida ro’yxatdan o’tdi
Zarxal mahallasida yil boshidan 14 ta yangi tadbirkorlik sub’yektlari faoliyat boshladi;
shundan: 4 ta MCHJ va 10 ta YaTT
Yil boshidan 62 mikroloyixa ishga tushirildi;
Shundan: 9 ta Yuridik shaxs, 32 tasi kambag’al oila a’zosi va 21 tasi YaTT va jismoniy shaxslar.
Oxirgi uch oy davomida kambag’al oila a’zolarining bandligini ta’minlash va tadbirkorlik faoliyatini yulga qo’yish orqali 11 ta oila kambag’llik reestridan chiqarildi.
Ikki nafar davlat ta’minotidagi fuqaroga subsidiya asosida quyosh paneli o’rnatish uchun tavsiya berildi.
Shundan. 1 nafariga 10 kw 1 nafariga 7 kw
📝 Deputatlik nazorati — natija va mas’uliyat mezoni!
Hisobotni eshitish jarayonida mahalla faoliyatining samaradorligini oshirish, mavjud muammolarga amaliy yechim topish hamda belgilangan vazifalar ijrosini doimiy nazoratga olish muhimligi ta’kidlandi. Shuningdek, aholi manfaatlarini ta’minlash, fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish va mahalladagi dolzarb masalalarni bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan tegishli vazifalarga e’tibor qaratildi.
☑️ Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — hududdagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, ularning yechimi yuzasidan amaliy choralar ko‘rish va ijro intizomini mustahkamlashdan iborat.