Barcha yangiliklar
Deputat axboroti
Gallery image 34561
Gallery image 34562
TURSUNBAYEVA MASUDA RAVSHANBEKOVNA
08 Apr 2025
15:58

Deputat axboroti

🟢2025-yil 8-aprel kuni Xalq deputatlari Boʻstonliq tumani Kengashiga 21-“Sijjak” saylov okrugidan saylangan deputat Axmedov Fatxulla Ramatullavich joriy yil 1-chorak davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan saylovchilariga axborot berdi.

🔹Uchrashuvda siyosiy partiya a’zolari, mahalla aholisi vakillari, “mahalla yettiligi” xodimlari ishtirok etdilar.

🔹Deputat tomonidan:

- aholidan kelib tushgan murojaatlar yuzasidan amalga oshirilgan ishlar;

- tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari bo‘yicha olib borilayotgan ishlar;

- okrug mahallalari infratuzilmalarini yaxshilash bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar bo‘yicha axborot berildi.

✅Tadbir yakunida aholi murojaatlar tinglanib, “mahalla yettiligi” a’zolari bilan kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi.