Barcha yangiliklar
DEPUTATNING KUNLIK ISH REJASI
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
29 Okt 2026
19:33

DEPUTATNING KUNLIK ISH REJASI

 DEPUTATNING KUNLIK ISH REJASI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining 28-Qorabuyin saylov okrugi deputati Shukurov O‘tkir Normamatovich tomonidan kun davomida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida quyidagi yo‘nalishlarda ish olib borish rejalashtirilgan.
🔹 Ta’lim muassasalarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini, xususan, isitish tizimlarining ishlash samaradorligini o‘rganish;
🔹 Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni ishchi guruh bilan birgalikda xonadonbay o‘rganish;
🔹 Doimiy komissiya yig‘ilishida ishtirok etish va kun tartibidagi masalalarni muhokama qilish;
🔹 O‘zbekiston Respublikasi qonunlari ijrosini o‘rganish hamda qonunchilik hujjatlari talablarining bajarilishi ustidan deputatlik nazoratini olib borish;
🔹 Doimiy komissiya raisi sifatida seminarda ishtirok etish;
🔹 Sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan saylov okrugida o‘rganishlar olib borish. Jumladan, ichimlik suvi ta’minoti, soliq to‘lovlari hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish holatini tahlil qilish;
🔹 Fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, aniqlangan muammolarni hal etish yuzasidan deputatlik so‘rovlari yuborish va ularning ijrosini nazoratga olish.
✅ Asosiy maqsad — aholi muammolarini aniqlash, ularning yechimiga ko‘maklashish, hududdagi dolzarb masalalarni hal etish va fuqarolar manfaatlarini himoya qilish.