Barcha yangiliklar
4-SONLI DMTTNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
Gallery image 279060
Gallery image 279061
Gallery image 279062
Gallery image 279063
Gallery image 279064
Gallery image 279065
XOLIQJONOVA BARNOXON AXROR QIZI
29 Okt 2026
19:36

4-SONLI DMTTNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI

4-SONLI DMTTNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi 12-Gulzor saylov okrugi deputati T.Nazarov, kotibiyat bosh mutaxassisi U. Shopotixov hamda eksport guruhi raisi o‘rinbosari X. Xamidovlar tomonidan Olmazor tumani Gulzor mahallasi hududida joylashgan 4-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida maktabgacha ta’lim tashkilotining isitish tizimi, isitish uskunalarining texnik holati, bino xonalarida zarur haroratni ta’minlash imkoniyatlari hamda mavsumni betalafot o‘tkazish uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun xavfsiz va qulay muhit yaratish, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etish, mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda isitish tizimining uzluksiz ishlashini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 391-sonli “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi tumanda organish masalasi korib chiqildi

Mazkur o‘rganish bolalar uchun munosib sharoitlarni ta’minlash, ta’lim-tarbiya jarayonining uzluksizligini saqlash va kuz-qish mavsumini xavfsiz o‘tkazishga qaratildi.

🏛 Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining mavsumga tayyorgarligi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish masalalari deputatlik nazorati doirasida e’tiborda bo‘ladi.