Barcha yangiliklar









XOLIQJONOVA BARNOXON AXROR QIZI
29 Okt 2026
19:34
"ZARXAL" VA "QOSHTUT" MAHALLASIDAGI XOTIN-QIZLARNI HISOBOTI ESHITILDI
"ZARXAL" VA "QOSHTUT" MAHALLASIDAGI XOTIN-QIZLARNI HISOBOTI ESHITILDI
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi raisi Sh. Umarxo‘jayeva, okrug deputati N.Kamolova, kotibiyat bosh mutaxassisi U. Shopotixov hamda eksport guruhi raisi o‘rinbosari X. Xamidov ishtirokida Zarxal va Qoshtut mahallasida mahalla yettiligining amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisoboti eshitildi.
📌 Hisobot davomida aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, xotin-qizlar bandligini ta’minlash, fuqarolarning muammolarini hal etish borasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.
📌 Zarxal mahallasida 416 ta xonadon, 1 735 ta oila va 4 754 nafar aholi istiqomat qiladi. Yil boshidan 30 yoshdan oshgan xotin-qizlarni xatlovdan o‘tkazish orqali “Ayollar daftari”ning 7-bosqichi shakllantirilib, jami 139 nafar xotin-qiz ro‘yxatga kiritilgan.
Jumladan:
▪️ 35 nafar ishsiz xotin-qizlar;
▪️ 1 nafar uy-joyini ta’mirlashga muhtoj fuqaro;
▪️ 86 nafar tibbiy yordamga muhtoj xotin-qizlar;
▪️ 17 nafar huquqiy maslahatga ehtiyoji bo‘lgan xotin-qizlar.
📌 Qoshtut mahalla xonodon soni 479ta, aholi soni 6120 ta,oila soni 2250tani tashkil etadi. Yil boshidan xatlov jarayonida 30 yoshdan oshgan ayollarni saralab “Ayollar daftari” 7-bosqichini shakillantirildi. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar 182 nafarni tashkil etadi.
1-Toifaga 46 nafar ishsizlar
4-toifa 118-nafar tibbiy yordamga muxtoj xotin-qizlar
5-toifa 17-nafar xuquqiy maslaxatga muxtoj xotin qizlarni tashkil etadi.
Ushbu toifadagi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish, o‘zini o‘zi band qilish hamda doimiy ishga joylashtirish choralari ko‘rilgan. Uy-joyini ta’mirlashga muhtoj fuqaroning yashash sharoiti homiylar ko‘magida yaxshilangan. Tibbiy yordamga muhtoj xotin-qizlar 14-sonli oilaviy poliklinikada tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan, huquqiy maslahatga ehtiyoji bo‘lgan fuqarolar esa tegishli seminarlarga jalb qilingan.
Hisobot eshitilishi davomida mahalla yettiligi tomonidan amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammolar hamda aholi ehtiyojlarini qondirish borasidagi vazifalar muhokama qilindi.