





"QOSHTUT" MAHALLA YETTILIGINING HISOBOTI ESHITILDI
QOSHTUT" MAHALLA YETTILIGINING HISOBOTI ESHITILDI
⚖️ Hisobdorlik — samarali mahalla boshqaruvining muhim tamoyili!
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi raisi Sh.Umarxo‘jayeva, okrug deputati Nargiza Kamolova, kotibiyat bosh mutaxassisi U.Shopotixov hamda eksport guruhi raisi o‘rinbosari X.Xamidov ishtirokida "Qoshtut" mahallalarida mahalla yettiligining amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisoboti eshitildi.
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy Kengashlar va mahalla institutlari faoliyatiga oid hujjatlarida belgilangan vazifalar, shuningdek, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining qonuniylik va ochiqlik tamoyillaridan kelib chiqib, mahalla raisining aholi oldidagi hisobdorligi muhim ahamiyat kasb etadi.
📍 2026-yilning yanvar–oktabr oylari davomida "Qoshtut " mahallasida amalga oshirilgan ishlar, aholi murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy himoya, bandlik va hududni obodonlashtirish borasidagi faoliyat natijalari yuzasidan mahalla raisining hisobotiga alohida e’tibor qaratildi.
📋"Qoshtut" mahalla raisining hisoboti eshitildi
Hisobot davrida quyidagi yo‘nalishlarda ishlar amalga oshirildi:
🏘 Mahalla bo‘yicha taqdim etilgan hisobotda 479 ta xonadon, 2 250 ta oila va 6 120 nafar aholi istiqomat qilishi qayd etildi.
🔹 Fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish va mavjud muammolarni hal etish choralarini ko‘rish;
🔹 Ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash;
🔹 Ishsiz fuqarolar bandligini ta’minlash yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;
🔹 Mahalla hududida obodonlashtirish va sanitariya-tozalik ishlarini tashkil etish;
🔹 Yoshlar va xotin-qizlarning muammolarini o‘rganish, ularni qo‘llab-quvvatlash;
🔹 Oilaviy nizolar va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbirlarni amalga oshirish;
🔹 Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolar holatini o‘rganish;
🔹 Mahallada tinchlik, osoyishtalik va aholi o‘rtasida hamjihatlikni mustahkamlash.
📊 Deputatlik nazorati — natijadorlik va mas’uliyat mezoni
Hisobot eshitilishi davomida mahalla yettiligi tomonidan amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammolar hamda aholi ehtiyojlarini qondirish borasidagi vazifalar muhokama qilindi.