








78-SONLI DMTTNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
78-SONLI DMTTNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati A.Aminov, kotibiyat bosh mutaxassisi U.Shopotixov hamda eksport guruhi raisi o‘rinbosari X.Xamidovlar tomonidan Olmazor tumani Orzu mahallasida joylashgan 78-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida maktabgacha ta’lim tashkilotining isitish tizimi, isitish qozonlari va mavjud jihozlarning texnik holati, bino xonalarida harorat me’yorlarini ta’minlash imkoniyatlari hamda mavsumni betalafot o‘tkazish uchun yaratilgan shart-sharoitlarga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun xavfsiz va qulay muhit yaratish, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etish, muhandislik tarmoqlarining sozligini ta’minlash hamda aniqlanishi mumkin bo‘lgan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish masalalari ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 391-sonli “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi tumanda organish masalasi korib chiqildi
🌡 Kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, bolalar salomatligini muhofaza qilish va ta’lim-tarbiya jarayonining uzluksizligini ta’minlash yuzasidan tegishli masalalar deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi.