Barcha yangiliklar
MAHALLIY KENGASHLAR FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISHGA QARATILGAN SEMINAR O‘TKAZILADI
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
29 Okt 2026
19:27

MAHALLIY KENGASHLAR FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISHGA QARATILGAN SEMINAR O‘TKAZILADI

 MAHALLIY KENGASHLAR FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISHGA QARATILGAN SEMINAR O‘TKAZILADI

🏛 2026-yil 29-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 317-majlislar zalida xalq deputatlari mahalliy Kengashlari raislari, doimiy komissiyalar rahbarlari hamda kotibiyat mudirlari uchun seminar tashkil etiladi.

📋 Seminar dasturidan quyidagi dolzarb mavzular o‘rin olgan:
💎 Mahalliy Kengash deputatlari tomonidan yuborilgan deputatlik so‘rovlarini o‘rganish natijalari — Sirdaryo va Jizzax viloyatlari misolida;
💎 Mahalliy Kengashlarning murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha tegishli davlat organlari rahbarlari hisobotlarini eshitish borasidagi faoliyati — Qashqadaryo viloyati misolida;
💎 Hududiy vakillik organlari faoliyatini takomillashtirish, mavjud tajribalarni tahlil qilish va samarali ish usullarini ommalashtirish.

🙏 Shuningdek, seminar doirasida Sirdaryo, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlari Kengashlari raislari ishtirokida muzokaralar hamda savol-javoblar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

🤩 Mazkur seminar mahalliy Kengashlarning vakillik va nazorat faoliyatini yanada kuchaytirish, deputatlik so‘rovlari bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda hududlarda ilg‘or tajribalarni ommalashtirish uchun muhim amaliy maydon bo‘lib xizmat qiladi.