Barcha yangiliklar







MURODOV RAXMAT AXADOVICH
29 Okt 2026
19:26
9-masala: Jondor tumanidagi aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini 2027-yilda ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.
#LIVE | ▶️ youtube Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining navbatdagi 33-sessiyasi o‘z ishini davom ettirmoqda.
9-masala:
Jondor tumanidagi aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini 2027-yilda ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.
Mazkur masala yuzasidan axborot, tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i Boboyev Shuxrat Baxronovich tomonidan taqdim etildi.
📊 O‘zbekiston Respublikasining 20.10.2020 yildagi “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-642-sonli Qonun ijrosini Jondor tumanida ta’minlash maqsadida fikr-mulohazalar bildirildi.
Muhokamalar yakunida deputatlar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar inobatga olinib, mazkur masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:👇 👇 👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt